“O‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlariga nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo bo‘ylab qiziqish ortib bormoqda. Shofirkonda o‘tkazilayotgan milliy festival hududda yashab, amaliy qo‘l mehnati bilan shug‘ullanayotgan hunarmandlarni ishlarini xalqqa ko‘rsatadi, shu bilan birga, mahalliy va xorijiy sayyohlarni xaridi uchun ham kerakli mahsulotlarni taqdim etadi”, - dedi Respublika “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Hotamova.
“Bu kabi festivallarni O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham o‘tkazish rejamizda turibdi. Davlat rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan e’tibor natijasida milliy hunarmandlarga keng sharoitlar yaratilmoqda. O‘ylaymanki, respublika va xalqaro doiradagi milliy festivallar mohir hunarmandlarning amaliy tajribasi ortishiga keng hissa qo‘shadi”, - dedi mutaxassis.