TOShKENT, 10 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Britaniya qiroli Charlz III ning toj kiyish marosimida qatnashmaydi, buni konservativ parlamentariylar Londonga “ortdan pichoq urish” sifatida qabul qiladi, deb yozmoqda “Express” gazetasi.
Maqolada ta’kidlanishicha, Oq uy rahbari 11-aprel kuni mintaqada ko‘p yillik qurolli to‘qnashuvlarga chek qo‘ygan Belfast kelishuvi (1998) yubileyi munosabati bilan Shimoliy Irlandiyaga uchadi. Ammo Amerika rahbari may oyida bo‘lib o‘tadigan Britaniya monarxining toj kiyish marosimiga kelishdan bosh tortgan.
Nashrning yozishicha, Konservativ partiyadan parlament a’zolari Baydenning qaroridan juda xafa bo‘lib, uni Londonning “ortdan pichoq sanchgan” deb biladi. Deputatlarning fikricha, AQSh prezidenti o‘z ishorasi bilan Buyuk Britaniya bilan munosabatlarni e’tiborsiz qoldirgan.
Charlz III va uning rafiqasi Kamillaning toj kiyish marosimi 6-mayga belgilangan.