TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Abror Ataboyev sport kurashlari bo‘yicha Qozog‘istonda o‘tayotgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qit’a birinchiligida -67 kg vazn toifasida qatnashgan Ataboyev finalda yaponiyalik Kotaro Sobagega qarshi kuch sinashgan va unga hech qanday imkoniyat qoldirmagan.
“Bu 21 yoshli kurashchimizning kattalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida erishgan birinchi chempionligi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ostonadagi Osiyo chempionatining ilk kunida o‘zbekistonlik kurashchilar 3 ta medalga ega chiqishgani xabar qilingan edi.