Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kunda 14 ta Ukraina dronini yo‘q qildi

DXR, LXR va Zaporojye viloyatida bir kunda 14 ta Ukraina dronlari yo‘q qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘tgan kun davomida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning “Grom-2” operativ-taktik raketasini, 14 ta dron va 10 ta HIMARS va “Smerch” yalpi hujum reaktiv tizimlari snaradlarini urib tushirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘nta HIMARS va “Smerch” yalpi hujum reaktiv tizimlari snaradlarini, shuningdek, bitta “Grom-2” operativ-taktik raketasini tutib oldi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, DXR, LXR va Zaporojye viloyatida bir kunda 14 ta Ukraina dronlari yo‘q qilingan.
2022 yil 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.