Qozog‘istonda haydovchisiz avtobus piyodalarni bosib ketdi – video

Baxtsiz hodisa oqibatida to‘rt kishi vafot etgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Qozog‘iston janubidagi Chimkent shahrida haydovchisiz avtobus qiyalikdan tushib, piyodalar bilan to‘qnashib ketdi: to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat olib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“8 aprel kuni taxminan soat 18:30 (Toshkent vaqti bilan 17:30) da “Metro” savdo markazi yaqinidagi ikki ko‘cha chorrahasida haydovchi boshqaruvisiz avtobus qarama-qarshi harakatlanish chizig‘iga kirib, piyodalar yo‘lagida bo‘lgan olti nafar piyodani urib yubordi”, — deyiladi xabarda.
Baxtsiz hodisa oqibatida ikki ayol va bir o‘smir voqea joyida, yana bir yosh qiz jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Yana ikki kishi shifoxonada qolmoqda.
Tergovchilar marshrutning so‘nggi bekatida bo‘lgan haydovchi avtobusdan tushib, uni qo‘l tormozini bosgan holda qoldirganini aniqlagan. Shu payt avtobus qiyalikdan tushib, piyodalarni urib yuborgan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, avtobusning yaroqliligi bo‘yicha ekspertiza tayinlangan. Haydovchi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.