TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov AQShning San Antonio shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida g‘alaba qozondi.
O‘rta vazn toifasida (72,5 kg) 10 raund etib belgilangan jangda Madrimovga amerikalik Rafael Igbokve raqiblik qildi.
To‘liq 10 raund davom etgan jangda Madrimov Igbokve ustidan 100-90, 99-91, 99-91 hisobida g‘alaba qozondi va o‘zining to‘qqizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.