TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Buzg‘unchilar shaxsiy va korporativ ma’lumotlarni o‘g‘irlash, shuningdek, xavfsizlik tizimlarini buzish uchun kompaniyalar tomonidan qo‘llaniladigan neyron tarmoqlardan foydalanishlari mumkin, shuning uchun ular axborot xavfsizligi auditini o‘tkazishlari kerak. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Neyron tarmoqdan shaxsiy va korporativ ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun foydalanish mumkin. U katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashi va ulardan maxfiy bo‘lgan ma’lumotlarni olishi mumkin.
Mutaxassisning fikricha, ma’lumotlarning sizib chiqishi jiddiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, shaxsiy mablag‘lar va identifikatsiya ma’lumotlarini o‘g‘irlash, josuslik va boshqa noqonuniy harakatlar.
Bundan tashqari, ma’lumotlar nafaqat firibgarlarga, balki xorijiy maxsus xizmatlar qo‘liga ham yetib borishi mumkin.
"O‘z faoliyatida neyron tarmoqlarni tatbiq etuvchi kompaniyalar ma’lumotlarning sizib chiqishi mumkin emasligiga ishonch hosil qilish uchun axborot xavfsizligi auditini o‘tkazishi kerak", deb ta’kidladi mutaxassis.
U, shuningdek, neyron tarmoqlardan foydalanadigan xizmatlar foydalanuvchi ma’lumotlarini to‘plagan va bu ularning tashvishlariga sabab bo‘lgan holatlarni esladi.
Ulardan biri 2019-yilda FaceApp suratlarini tahrirlash mojarosidir.
Foydalanuvchilar dasturga suratlarni yuklashdi, ular qurilmaning joylashuvi, IP-manzili, qurilma identifikatori va shaxsiy hamda yana turli ma’lumotlar bilan birga qayta ishlandi va kompaniya serverlarida saqlangan.
Shundan so‘ng, foydalanuvchilar saqlangan ma’lumotlari ularning ruxsatisiz nafaqat reklama maqsadida, balki kuzatuv uchun ham foydalanishlari mumkinligidan xavotir olishgan.
Yana bir misol - Google Photos, fotosuratlarni saqlash va qayta ishlash xizmati bo‘lib, u ma’lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash va albomlar yaratish uchun neyron tarmoqlardan foydalanadi.
2019 yilda Google bir necha ming foydalanuvchiga dasturiy ta’minot xatosi ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini tan oldi, bu esa ba’zi fotosuratlarning kompaniya serverlariga noto‘g‘ri yuborilishiga olib keldi.
Natijada, bu fotosuratlar marketing yoki hatto josuslik maqsadida ishlatilishi mumkinligi haqida xavotirlar paydo bo‘ldi.