Shimoliy Koreya ikki kundirki Janubiy Koreyaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti — OAV

Renxap: Shimoliy Koreya ikki kundirki Seuldan Koreyalararo aloqa liniyalari orqali qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Shimoliy Koreya ikki kundirki Seuldan harbiy aloqa liniyasi bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga va Koreyalararo aloqa liniyasiga murojaat qilishga urinishlarga javob bermayapti. Bu haqda RIA Novosti Ronxap agentligiga tayanib xabar berdi.
Avvalroq Janubiy Koreya birlashma vazirligi juma kuni ertalab Koreyalararo aloqa liniyasining kundalik qo‘ng‘iroqlari amalga oshirilmagani haqida xabar bergan edi. Janubiy Koreya tomoni o‘z tomonida muammolar yo‘qligini tasdiqladi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya ikkinchi kundirki harbiy aloqa liniyalariga javob bermayapti.
Ikki davlat odatda har ikki aloqa liniyasida kuniga ikki marta soat 9.00 va 17.00 da qo‘ng‘iroqlashadi. Koreyalararo aloqa liniyasi faqat ish kunlari ishlaydi, harbiylar esa dam olish kunlari ham qo‘ng‘iroq qiladi.
“Shimoldan muntazam qo‘ng‘iroqlar noma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshirilmayapti. Biz vaziyatni kuzatib boramiz, barcha imkoniyatlarni ochiq qoldiramiz, shu jumladan Shimoliy liniyadagi texnik muammoni”, — dedi agentlikka harbiy manba.
KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi paytlarda keskinlashdi, chunki AQSh va Janubiy Koreya bir necha yil ichida birinchi marta keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.