TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonga Xitoy davlatidan yangi elektrobus va avtobuslar olib kelindi. Aprel oyi oxirigacha yana jami 2000 ta transport olib kelinadi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Bugun Yangi Yutong va King long rusumdagi yangi elektrobus va avtobuslarni qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekistonga Xitoydan avtobus va elektrobus keltirildi
© Sputnik /Dostonbek Rahmatullayev
“Shu bugungi kunda 200 ta transport yetkazildi, rejaga ko‘ra 2000 ta olib kelinadi. Ularning 1000 tasi Toshkent shahriga va 1000 tasi viloyatlar hududi bo‘ylab harakatga qo‘yiladi. Hozirda harakat yo‘nalishi bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilmoqda”, dedi Transport vazirligi axborot xizmati boshlig‘i Navro‘z Ashurmatov.
O‘zbekistonga Xitoydan avtobus va elektrobus keltirildi
© Sputnik /Dostonbek Rahmatullayev
Mazkur transportlar “Toshshahartransxizmat”, “YUTONG BUS CO., LTD.” va “Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd.” kompaniyalari o‘rtasida shu yil fevral oyida imzolangan kelishuv asosida olib kelindi.
O‘zbekistonga Xitoydan avtobus va elektrobus keltirildi
© Sputnik /Dostonbek Rahmatullayev
“Xitoydan keltirilgan yangi avtobuslar komfort bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan. Transport salonida elektron sensor monitorlar, konditsioner, avtomat qurilmalar mavjud. Bularning barchasi yo‘l harakati vaqtida haydovchi uchun qulaylik va yengillik tug‘diradi”, dedi haydovchi Farrux Eshonov.
O‘zbekistonga Xitoydan avtobus va elektrobus keltirildi
© Sputnik /Dostonbek Rahmatullayev
Transportlarda nogironlar uchun ham qurilmalar o‘rnatilgan, salon ichida maxsus joylar ajratilgan.