TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Mudofaa vazirligi qo‘shinlari, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati havo-desant tayyorgarligi mutaxassis harbiy xizmatchilarining ko‘nikmalari oshirilmoqda. Bu haqda Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.
O‘quv-uslubiy yig‘in Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarining “Sharq desantchilar” bazasida bo‘lib o‘tmoqda.
“Sharq desantchilar” bazasi
© Mudofaa vazirligi
Unda Mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi mas’ul ofitserlari tomonidan ishtirokchilar o‘quv yig‘in rejasiga asosan o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishtirildi.
Mazkur yig‘inda soha mutaxassislarining nazariy va amaliy bilimlari sinovdan o‘tkazilib, munosib deb topilganlarga “Havo-desant tayyorgarligi yo‘riqchisi” maxsus unvoni topshiriladi.
“Sharq desantchilar” bazasi
© Mudofaa vazirligi
"15 aprel kuniga qadar yig‘in ishtirokchilari bilan soha yo‘nalishlari bo‘yicha turli usullarda desantlashtirish mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazish maqsadida tog‘ o‘quv markazi mutaxassislari ham jalb qilingan", deyiladi xabarda.
Yig‘in davomida ishtirokchilarning olgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarini kelajakda havo-desant qo‘shinlari bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda keng qo‘llash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.