TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Farg‘onada rossiyalik mutaxassislar ishtirokida ta’lim marafoni o‘tkazildi. Bu haqida Shimoliy (Arktika) Federal universiteti vakili Polina Golomidova Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Rossiyaning Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) Federal universiteti tomonidan "SAFUda kelajak kasblari va raqamli texnologiyalar" mavzusidagi hamkorlik ta’lim marafoni o‘tkazildi.
Obrazovatelniy marafon SAFU
© SAFU
Tadbirda ishtirokchilar neyrotexnologiyalar, mobil dasturlar, landing page, robototexnika, veb dasturlar, taqdimotlarni effektiv sozlash sirlari kabi bir qancha amaliy bilimlarni o‘zlashtirishdi.
Obrazovatelniy marafon SAFU
© SAFU
Marafonning birinchi kunida Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarining 50 dan ortiq o‘quvchilari mobil ilovalar ishlab chiqish va landing page yaratish bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etdi.
Obrazovatelniy marafon SAFU
© SAFU
“Maktab o‘quvchilari zamonaviy mobil qurilmalarni ishlab chiqish vositalari bilan tanishib, o‘zbek tiliga o‘giradigan o‘zlarining mobil ilovalarini ishlab chiqishdi”, deydi Polina Golomidova.
Shuningdek, sahifali saytlarni tezkor yaratish uchun zamonaviy vositalar bilan tanishib, mustaqil ravishda birinchi sahifalarini yaratishdi.
Mavzuga oid: