Rossiya va Saudiya AQShga o‘z o‘rnini ko‘rsatdi

Arab davlatlari bu safar AQShni qo‘llab-quvvatlamadi va aynan Rossiyaga ma’qul bo‘lgan ishni qilishdi, buni iqtisodiy mulohazalar bilan izohlashgan bo‘lsa-da.
Sputnik
MOSKVA, 7 apr — Sputnik. Amerikaliklar uzoq vaqt davomida Caudiya Arabistonidan neft narxlarni pasaytirish va Rossiya budjetiga putur etkazish uchun ko‘proq neft ishlab chiqarishga ko‘ndirishga harakat qilishdi. Ammo OPEK+ boshqacha qaror qildi - ular ishlab chiqarishni qisqartirdi.
Endi Brent narxi osmonga ko‘tarildi va bir barrel uchun 100 dollarga yaqinlashdi, bozorda defitsit kutilmoqda. Vashington esa inflyatsiya kuchayishi va yoqilg‘i narxi oshishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 2024-yilda kutilayotgan prezident saylovlari oldidan mutlaqo nomaqbul ishdir. Vashington Ar-Riyoddan bunday surprizni kutmagan edi.

Kutilmagan hol

Neft bozorida kutilmagan holatlar bo‘lishiga asoslanib, bir qator OPEK+ a’zolari neft qazib olish hajmini kamaytirdi. Xususan, Moskva va Ar-Riyod kuniga -500 ming barrelga. Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Qozog‘iston, Jazoir, Ummon va Gabon birgalikda qisqartirish hajmi kuniga 1,66 million barrelni tashkil etdi.

“Rossiya ma’suliyatli va profilaktik chora sifatida, fevral oyidagi o‘rtacha qazib chiqarish hajmini kuniga 500 ming barrelga qisqartirishni amalga oshirmoqda. Bu ixtiyoriy ravishda 2023-yil oxirigacha davom etadi”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak.

Bu bozor uchun kutilmagan bo‘ldi: neft kotirovkalari darhol ko‘tarildi. Brent narxi bir barrel uchun 87 dollargacha ko‘tarildi.

Kelajakdagi defitsit

O‘tgan noyabr oyidan beri ishlab chiqarishning ikki million qisqarishi bilan birgalikda OPEK+ning yangi qarori global talabning uch foiziga ta’sir qiladi. Umumyi pasayish oxir-oqibat kuniga 3,66 million barrelni tashkil qiladi.
Wood Mackenzie ma’lumotlariga ko‘ra, global neftga bo‘lgan talab kuniga 2,6 million barrelga oshadi, Xitoy ulardan bir millionini oladi. OPEK+ harakatlari yilning ikkinchi yarmida sezilarli neft taqchilligiga va xomashyo narxining oshishiga olib keladi, deydi tahlilchilar.
Goldman Sachs ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyiga kelib Brent narxi bir barrel uchun 95 dollarga chiqadi. "OPEK+ juda kuchli neft narxiga juda kuchli ta’sir qilishi mumkin. Kutilmagan pasayish ularning yangi oldindan harakat qilish doktrinasiga mos keladi", - deydi bank ekspertlari.
"OPEK+, birinchi navbatda, narxlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar uchun maqbul darajada ushlab turishni istaydi. Shuning uchun, yaqin bir necha oy ichida 85-90 dollar realdir", - deydi neft gaz sohasi uchun texnologiyalar ishlab chiquvchi "VORMHOLES Vnedrenie" kompaniyasi bosh direktori Oleg Juravlev.

Inflyatsiya va benzin narxi

AQSh OPEK+ qaroridan juda norozi. "Kotirovkalarga kelsak, men hozircha ishonchim komil emas", - dedi Amerika Moliya vaziri Janet Yellen.
Clearview Energy Partners ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda yoqilg‘isi narxi bir gallon uchun 4 dollarga chiqadi. O‘tgan yili AQShda inflyatsiya 9,1 foizgacha tezlashgan edi, bu oxirgi 41-yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2023-yilda u sekinlashdi, ammo u hali ham ancha katta.
Oq uy hozirda 382 million barrelga ega bo‘lgan strategik neft zaxirasidan yana foydalanishi mumkin. Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, Vashington zahiralari kotirovkalarni tushira olmaydi.
"Brent 100 dollarlik psixologik muhim darajadan oshishi mumkin. Bu, albatta, yuqori inflyatsiyaga ta’sir qiladi. Amerika iqtisodiyotida stagflyatsion vaziyat bo‘lishi mumkin", deb hisoblaydi Capital Lab. hamkori Yevgeniy Shatov.
Bularning barchasi Demokratik partiya uchun juda noqulay, bundan tashqari, 2024-yil kuzida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari uchun ham.

AQShga quloq solishmadi

Saudiya Arabistoni OPEK+ qarori faqat "iqtisodiy sabablarga asoslanganligini" ta’kidladi. Biroq, kartel nafaqat bozor omillari bilan o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi aniq.
Rossiya uchun bu yaxshi, chunki endi budjetni to‘ldirish ancha oson bo‘ladi.
"Saudiya neft narxlarini yanada o‘sishi uchun surpriz qilmoqda. Bir barrel uchun 100 dollarga qaytish istiqboli endi - haqiqatga yaqin ko‘rinmoqda. Birja narxlar allaqachon 84 dollargacha ko‘tarildi, Goldman Sachs yil yakuni bo‘yicha prognozini 95 dollargacha qayta ko‘rib chiqdi, boshqa tahlilchilar esa uch xonali raqamlar haqida gapirmoqda", - deb ta’kidlaydi Bloomberg.
Vashingtonga, albatta, bu vaziyat yoqmaydi. Amerikaliklar bir necha bor saudiyaliklarga “aql o‘rgatish”ga harakat qilishgan.
Shatovning eslashicha, AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida investitsiya savdosi bo‘yicha ramkali bitimi imzolangan. An’anaga ko‘ra, Ar-Riyod Vashingtonning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchisi, mintaqadagi eng kuchli eksport bozorlaridan biri, shuningdek, yirik kreditori hisoblanadi.
Shunga qaramay, Yaqin Sharq qora oltin ishlab chiqaruvchilari bu safar aniq Rossiya tomonini oldilar. Ular endi amerikaliklarning fikrini hisobga olmaydilar, deb yozadi Yaponiyaning “Nixon Keyzai” moliyaviy gazetasi va bozorda barqarorlikni saqlash maqsadida Moskva bilan hamkorlik qiladi.
Ammo Ar-Riyod va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. 2022-yil oktabr oyida Jo Bayden Saudiyaliklar va Rossiyani AQSh benzinining yuqori narxlarida ayblagan edi. Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudni ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha maxfiy bitim tuzishga ko‘ndirgan. Reja bajarilmadi va ishlab chiqarish kuniga ikki million barrelga qisqardi.
Endi saudiyaliklar amerikaliklarga yana bir bor o‘z siyosatiga amal qilishini ko‘rsatdi – ular bilan hisoblashish kerak.
“AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan o‘zini qanday tutayotganini ko‘rib, Yaqin Sharq o‘z o‘yinini o‘ynashga qaror qildi. Bir tomondan, arab yetkazib beruvchilari uchun Yevropa bozorida rossiyalik raqobatchilarning o‘rinlarini egallash foydali bo‘lsa, boshqa tomondan, Ular uchun qora oltinni arzon narxlarda sotish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”, - deydi Xazanov.
Yevropa bozorida o‘z ishtirokini mustahkamlagan Rossiyaning Yaqin Sharqdagi hamkorlari Moskvani qo‘llab-quvvatlashga va kotirovkalar qulashiga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib olgan ko‘rinadi, deya ta’kidlaydi tahlilchi. Shunday qilib, ular nafis va kuchli gambit o‘ynashdi, bundan Vashington va Brussel uzoq vaqt davomida shokda bo‘lishadi.