TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Joriy yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo mamlakatlar Qirg‘izistonda qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlarni o‘tkazishadi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“2023 yilda ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining navbatdagi qo‘shma “Yevroosiyo – Aksilterror-2023” aksilterror mashg‘ulotlarini Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazishni muvofiqlashtirib olindi”, - deyiladi ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, tashkilot a’zolari yana uchta tadbirni o‘tkazishni kelishib olishgan: internet terrorizmidan ogohlashtirishga oid qo‘shma axborot operatsiyasi, ShHT chegara xizmatlari rahbarlari majlisi va ShHT MATT ilmiy-amaliy anjumani.
Bundan tashqari, tomonlar ShHT MATT va MDH Aksilterror markazi o‘rtasidagi hamkorlikni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ma’qullashgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.