Ijtimoiy tarmoqlarda Pentagonning Ukraina mojarosiga oid maxfiy hujjatlari tarqaldi — OAV

Pentagon ijtimoiy tarmoqda Ukrainadagi mojaroga oid maxfiy hujjatlarning sizib chiqishini tekshirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. AQSh Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqda Ukraina armiyasining ahvoli, davlatlar va NATOning Ukraina Qurolli kuchlarini mustahkamlash rejalari tasvirlangan maxfiy materiallarning sizib chiqishini tekshirmoqda. Bu haqda RIA Novosti New York Times nashriga tayanib xabar berdi.
Gap mart oyining boshidan boshlangan hujjatlar haqida ketmoqda. Nashrning yozishicha, materiallar go‘yoki Rossiyaga xayrixoh Telegram-kanallari tomonidan tarqatilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda aniq nashrlar keltirilmagan.
Qayd etilishicha, Amerika rasmiylari ushbu hujjatlarni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash ustida ishlamoqda, biroq payshanba oqshomiga qadar ular muvaffaqiyatga erisha olmagan.

“Ijtimoiy tarmoqlardagi postlardan xabardormiz va bizning departamentimiz bu masalani tekshirmoqda”, - dedi AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx.

Gazetaning iddao qilishicha, “o‘ta maxfiy” belgisi qo‘yilgan hujjatlardan birida “1 mart holatiga ko‘ra mojaro holati” tasvirlangan.
Nashrning yozishicha, yana bir materialda Ukrainaning 12 ta yangi brigadasi haqida qisqacha ma’lumot bor, ulardan to‘qqiztasi AQSh va Shimoliy Atlantika alyansidagi boshqa ittifoqchilar tomonidan o‘qitilib, ta’minlangan ko‘rinadi.
Maxfiy hujjatda aytilishicha, bu to‘qqizta brigadadan oltitasi 31-martgacha, qolganlari esa 30-aprelgacha tayyor bo‘lishi kutilmoqda. Materialda, shuningdek, ushbu tuzilmalar uchun 250 dan ortiq tank va 350 ta piyoda jangovar transport vositalariga ehtiyoj borligi ta’kidlangan.