TOShKENT, 7 apr — Sputnik. 2023 yilda Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi taxminan 1 million kishini tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan (567 ming kishi) deyarli ikki baravar ko‘p bo‘ladi.
Bu haqda juma kuni O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsuli Barxon Aliqulov jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Bu yil biz Rossiya Federatsiyasidan millionga yaqin sayyoh kelishini kutmoqdamiz. O‘ylaymanki, buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud", — dedi u.
Aliqulovning aniqlik kiritishicha, 2022-yil oxirida rossiyaliklarning O‘zbekistonga sayyohlik oqimi 567 ming kishini tashkil qilgan. O‘zbekistonda me’moriy-madaniy turizmdan tashqari, boshqa sohalar: ekoturizm, sport va ishbilarmonlik turizmi ham faol rivojlanmoqda. Bundan tashqari, 24-26 aprel kunlari respublika hududida “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining o‘tkazilishi ishbilarmonlik turizmining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
"Hozir gastro-turizm rivojlanmoqda - bu alohida masala. O‘zbekistonda bo‘lganingizda qandaydir obyektga borishdan bosh tortishingiz mumkin, lekin o‘zbek taomidan voz kechishning iloji yo‘q. Bu xorijlik mehmonlarimizning fikri”, - deb qo‘shimcha qildi u.