TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus migratsiya sohasida shartnoma tuzishga kelishib oldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida “Bellegprom” konserni raisi o‘rinbosari, Belarus Respublikasi elchixonasining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Belarus migratsiya sohasida shartnoma tuzishga kelishib oldi
© Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Uchrashuvda Belarus korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Belarus tomoni tikuvchilik, terini qayta ishlash va yengil sanoat sohalarida ishchi kuchiga talab yuqori ekanligi ma’lum qildi.
Migratsiya sohasida shartnoma tuzishga kelishib olindi.