TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiya hukumati olimlarning mamlakat fuqaroligini olish jarayonini soddalashtiruvchi masalani ko‘rib chiqadi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin deputatlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uchrashuvda “Yangi odamlar” (“Novie lyudi”) partiyasi deputati Vladimir Plyakin etnik ruslar uchun fuqarolikni olishni osonlashtirishni taklif qildi. Shuningdek, u Davlat dumasiga olimlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritilgani va unga Vazirlar mahkamasi javob bildirmaganini eslatdi.
Shuningdek, gap ishbilarmon va investorlar uchun yashash guvohnomasi va fuqarolikni olishni soddalashtirish haqida bordi.
"Fuqarolik borasida – masala jarayonga oid narsalarga bog‘liq. Taklifingizni albatta ko‘rib chiqamiz. Hukumat javobi borasida tegishli topshiriq beraman”, - dedi Mishustin.
Avvalroq Rossiya fuqarolik va yashash guvohnomasini olishni elektron shaklga o‘tkazishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.