TOShKENT, 6 apr — Sputnik. NATO kuchning muqobil markazlari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilib va o‘zining global roli va Yevroatlantika tashqarisiga chiqish zarurligi haqida tez-tez gapirib, dunyoni xavfliroq qilishga urinmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi va alyansning “pensiyaga chiqish payti kelganini” qo‘shimcha qildi.
Shu tariqa Zaxarova kuni kecha alyansning 74-yilligiga bag‘ishlangan TIV rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tgan NATO Kengashi majlisiga munosabat bildirdi.
“Alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansning global roli borasida bot-bot bayonot bermoqda <...>. Bari G‘arb gegemoniyasiga putur yetkazishga qodir kuchning muqobil markazlarining mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, dunyo yanada xavfliroq bo‘lishi uchun qilinmoqda. Umuman olganda, ishonch bilan qayd etish mumkinki, xavfsizlik va NATO – bir-biriga zid narsalar. Shu munosabat bilan faqat bir xulosa kelib chiqadi – 74 yoshida Shimoliy Atlantika blokining pensiyaga chiqish payti kelgan”, - deyiladi Rossiya TIV e’lon qilgan Zaxarova bayonotida.
Rossiya TIV rasmiy vakilining fikricha, NATO unga Finlyandiya qo‘shilishi orqali “Yevropa xavfsizligining butun tizimini zo‘rlik bilan tortib olishga” harakat qilmoqda.
“Shimoliy Atlantika alyansining galdagi qurboni hukumati uning front oldidagi hududiga – shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda Rossiyani tiyib turish uchun maydonga aylanish evaziga o‘z mamlakatining ko‘p yillik betarafligi bilan xayrlashishga qaror qilgan Finlyandiya bo‘ldi”, - deya qo‘shimcha qildi Zaxarova.