Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kiyev rejimi o‘zining taslim bo‘lgan askarlari ustiga 300 ta snarad yog‘dirdi

Ukraina Qurolli kuchlari o‘zining taslim bo‘lgan askarlari joylashgan blindajni, tunda 300ta yirik kalibrli snaradlar bilan o‘qqa tutdi. Biror kishi tirik qolmadi.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Kiyev rejimi rus qo‘shilari bosimi ostida taslim bo‘lishga majbur bo‘lgan o‘z askarlari ustiga bomba yog‘dirdi. Bu haqida Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Shu yilning 5-aprel kuni Donesk Xalq Respublikasining Avdeyevka aholi punkti hududidagi "Janub" qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari dushman istehkomini egallash uchun faol operatsiyalar o‘tkazdi.
Jang paytida istehkomda joylashgan Ukraina Qurolli kuchlarining 53-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmasi komandiri ochiq radiokanal orqali Rossiya qo‘mondonligiga murojaat qilib, uning 14 kishidan iborat bo‘linmasi o‘z ixtiyori bilan qurol topshirishini va taslim bo‘lishini ma’lum qilgan.
Ukraina harbiy xizmatchilarining istehkomdan xavfsiz chiqib ketishi Rossiya tomoni jangovar harakatlarni to‘xtatgan. Kech bo‘lgani va qorong‘u tushgani sababli ukrainalik harbiy xizmatchilar o‘z blindajida ertalabgacha qoldirilgan.
Tunda UQK artilleriyasi o‘z askarlari joylashgan blindajni nishonga olib 300 dan ortiq yirik kalibrli snaradlar otgan.
Ukraina Qurolli kuchlarining qasddan berilgan kuchli artilleriya zarbasi natijasida taslim bo‘lgan barcha 14 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.