TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Turkiyaning "AnadoluJet" aviakompaniyasi yangi — Anqara-Toshkent-Anqara yo‘nalishini ochdi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar berdi.
Birinchi yo‘lovchi reysi 17-aprelga belgilangan. Parvozlar Boeing 737-800 samolyotlarida haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"AnadoluJet" — bosh qarorgohi Anqarada joylashgan "Turkish Airlines" loyihasi bo‘lgan turk aviakompaniyasi. Aviatashuvchi parkida 59 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishga ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.