Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xidayxodjayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Jahongir Xidayxodjayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri tegishli buyruqni imzoladi.
Jahongir Xidayxodjayev 1979-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Shu vaqtga qadar Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
U 2019-yilda 40 yoshgacha bo‘lgan, boshqaruv lavozimida faoliyat yuritayotgan top kadrlar ro‘yxatidan o‘rin olgan.