TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘tgan dam olish kunlari Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tgan spottingda 50 nafardan ziyod kishi qatnashdi.
Samolyotlar uchib-qo‘nishining noyob kadrlarini nafaqat o‘zbekistonliklar, balki Rossiya va Belarusdan bo‘lgan spotterlar o‘z kameralari obyektiviga muhrlashdi.
Ularning qiziqishi nimadan boshlangan? Spotterlar nega kolleksiya yig‘ishadi? Samolyotlarni qaysi qurilmaga suratga olgan yaxshiroq – bu haqda batafsil Sputnik lavhasida.