TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK) yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Tadbir 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilish kun tartibidan an’anaviy tarzda 2022-yilda MDH mamlakatlari TIVlararo maslahatlashuvlari yakunlari hamda hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha harakatlar dasturini amalga oshirishga doir masalalar o‘rin olgan.
“Xalqaro xavfsizlik hamda huquqni himoya qilish, madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilmoqda”, - dedi Zaxarova.