G‘arb tuzog‘i: NATO tanazzuli va mag‘lubiyatga uchragan Ukrainaning ahvoli voy bo‘ladi
Rossiya o‘z chegaralarida ochiq dushman paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va ularni barcha siyosiy va harbiy vositalar yordamida o‘zgartiradi.
SputnikTOShKENT, 5 apr — Sputnik. AQSh vaNATOning Kiyev rejimiga Yevropadagi "Rossiyaga qarshi loyiha" sifatida “ko‘p yillik” harbiy yordam dasturi NATO mamlakatlarini tanazzulga, Ukrainani esa dunyo xaritasidan yo‘q bo‘lib ketishga mahkum etadi.
Rossiya o‘z chegaralarida ochiq dushman va harbiylashgan davlatlar paydo bo‘lishini hech qachon qabul qilmaydi va milliy xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqqan holda hamda AQSh 1783-yilda o‘z mustaqilligini e’lon qilishidan ancha oldin paydo bo‘lgan Rossiya tarixiy an’analariga muvofiq, ularni barcha siyosiy va harbiy vositalar yordamida o‘zgartiradi.
Brusselda 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, NATO tashqi ishlar vazirlari Kiyev rejimini harbiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘p yillik dastur asoslarini kelishib olishni rejalashtirishgan. Majliuda Ukraina uchun maxsus fondni ikki barobarga oshirish ko‘rib chiqilmoqda – ya’ni yiliga 250 milliondan 500 million yevrogacha (bu NATO mamlakatlarida 155 mm li artilleriya snaradlari taqchilligini va Ukraina Qurolli Kuchlarining “snarad ochligini” bartaraf etmaydi). Bir vaqtning o‘zida, ittifoq rahbariyati Ukrainaning “yaqin kelajakda” NATOga a’zo bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlamoqda.
AQSh, o‘z navbatida, Ukrainaga yana 2,6 milliard dollarlik harbiy yordamto‘plamini e’lon qildi. Uning aniq tarkibi shu hafta ma’lum bo‘ladi. Biroq, moliyalashtirishning ajablanarli raqamlari va baland parvoz bayonotlari — dahshatli haqiqatni yashira olmaydi: aprel oyining boshigacha, G‘arb va’da qilgan 293 tankdan atigi 57 tasi (19 foiz) UQKga keltirilgan. Qolgan 236 ta tankning Ukrainaga yetkazib berilishi shubha ostida qolmoqda, texnikalarning aksariyati ochiqchasiga eski (178 ta "Leopard 1A5" tanki) va boshdan oyoq ta’mirlanishi kerak.
Ukraina askarlari uchun G‘arb ta’lim dasturi ham sekinlashmoqda. UKQning 11 mingga yaqin zahiradagi harbiylari NATOning 26 ta davlatida tayyorlanmoqda. Ya’ni ittifoqchi davlatlarning har birida o‘rtacha bitta bataliondan. Yil davomida Yevropadagi amerikalik harbiy instruktorlar Kiyev rejimining atigi 7000 nafar askarini tayyorladi. UKQning qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlari – maxsus operatsiyaning dastlabki 400 kunida 200 mingga yaqin yo‘q qilingan harbiy xizmatchilar fonida bunday raqamlar umuman ishonarli emas.
Kerakli qurol aslaha va harbiy kuchlar yo‘q bo‘lgan vazaitad, yuz minglab o‘qitilgan askarlar, minglab zirhli texnika, aviatsiya, artilleriya va millionlab 155 mm li qurollarni talab qiladigan keng ko‘lamli “qarshi hujum”ga Vashington Ukraina armiyasini deyarli majburiy yubormoqda.
Buning o‘ziga xos mantig‘i bor: agar UKQ g‘alaba qozonmasa va ikkinchi yil ham mustahkamlangan hududlar va aholi punktlarini yo‘qotishni davom ettiraversa, AQSh Ukrainaga ko‘rsatayotgan ulkan harbiy yordami maqsadga muvofiqligini ittifoqchilarga asoslab oqlash qiyinlashadi. UKQni moliyalashtirishni davom ettirish uchun “kelajakda muhim hududga ega bo‘lish” kerak. Muvaffaqiyatga erishish imkoniyati kam bo‘lsa ham, Ukraina armiyasining “dahshatli yakuni” va yangi “temir parda” G‘arb uchun qimmatga tushadigan “cheksiz dahshatlar”dan ko‘ra ma’qulroqdir.
“Cho‘ntak ko‘tarmaydigan” maqsadlar
G‘arb harbiy-sanoat kompleksining inqirozi va UQK mutaxassislarining yetishmasligi muammosi aniq va yaqin kelajakda hal bo‘lmaydi. Ukrainada jangovar oddiy qurollar va o‘qitilgan askarlar zaxirasi tobora kamayib bormoqda. NATO harbiy-sanoat majmuasining 90 foizi AQShda to‘plangan, ammo 155 mm snaradlar ham oylik ishlab chiqarishni hatto amerikaliklar bir yil ichida 14 mingdan 20 mingga oshira olmadi, 2024-yilda esa maqsad – 40 ming qilib belgilangan. UQKning minimal sarfi bilan – oyiga 90 ming snarad. Obyektiv nuqtayi nazardan, ittifoqning Yevropa mamlakatlari ham yaqin yillarda harbiy ishlab chiqarishni bunchalik sezilarli darajada oshira olmaydi.
Ular allaqachon iqtisodiyot, sanoat va milliy mudofaaga katta bosimni his qilmoqdalar. Germaniya Savdo-sanoat palatasi fevral oyida 2023-yil oxirigacha Ukraina mojarosi Berlinga 160 milliard yevroga tushishi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning yo‘qotilishi esa 2000 yevroni (mamlakat yalpi ichki mahsulotining 4 foizi) tashkil etishi haqida ogohlantirgan edi. Garchi Yevropa Ittifoqi Kiyevni 12 oy ichida 1 million snarad bilan ta’minlash rejasini ma’qullagan bo‘lsada, loyihaning amalga oshirilishi UKQga o‘sha-o‘sha “ochlik” ni va’da qilmoqda – har 1000 km jangovar aloqa liniyasi uchun kuniga 3000 snarad.
Binobarin, Kiyev rejimi hech qachon mintaqaviy harbiy harakatlar teatrida ustunlik qilish uchun zarur bo‘lgan o‘q-dorilar, zirhli mashinalar, artilleriya va aviatsiyalarni qo‘lga kirita olmaydi. Zambaraklar hamon otilmoqda, biroq NATO arsenallarini birlashtirish, UKQni qurbon qilish va “dahshatli” iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llash orqali Rossiya ustidan “tezda g‘alaba qozonish” uchun Vashingtonning kovboy usulidagi hisob-kitobi allaqachon strategik muvaffaqiyatsizlikka uchragan. “New York Times”ning qayd etishicha, AQShning Ukrainaga harbiy yordam uchun ajratilgan budjeti, taxminan, sentabr oyida tugaydi. Pentagonning yuqori martabali vakili UKQ uchun snaradlar va raketalarning so‘nggi transhini “yakuniy harakat” deb atadi.
Rossiya Federatsiyasining harbiy-sanoat majmuasi bundan ijobiy tomonga farq qiladi - (yiliga 1600 ta yangi tank) va Rossiya armiyasining maxsus harbiy operatsiya hududida miqdoriy va sifat, taktik va strategik – shubhasiz ustunligini ishonchli tarzda mustahkamlaydi. Rossiya iqtisodiyoti barqaror. Shu sababli, AQShning NATOdagi elchisi Julianna Smitning: “Biz Ukrainaning yaqin haftalarda qarshi hujumga o‘tishini kutmoqdamiz”– degan kechagi bayonoti UQKning o‘z joniga qasd qilib Kiyev rejimi “qirg‘in”iga yuborish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘ylamasdan bergan ko‘rsatmasi bo‘lib tuyuladi.
Ha, Ukraina aholisining muhim qismini (mafkuraviy zaharlangan) yo‘q qilish orqali Rossiyaning zaiflashishi G‘arb jamoasining yo‘nalishida mutlaqo qonuniy va ish beradigan usuldir. Vashingtonning buyrug‘i bilan UQK istalgan joyga, hatto Belgorodga (Rossiya) ham oxirgi hujumga boradi. Bundan keyin nima bo‘lishi esa amerikaliklarni qiziqtirmaydi: Eski Dunyodagi oraliq maqsadlarga allaqachon erishilgan– Yevropa Ittifoqi endi raqobatchi emas.
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev avvalroq NATO davlatlari Ukrainadan bitta yirik harbiy lager tashkil etgani va “Rossiyani jang maydonida mag‘lubiyatga uchratish va uni yanada parchalab tashlash maqsadini yashirmayapti”, deb ta’kidladi. G‘arbning o‘ta yuqori umidlari katta qurbonliklarni talab qiladi – Ukrainaning roli va taqdiri boshidanoq belgilab qo‘yilgan.
Bugungi kunda esa, hatto Yevropaning eng rusofob mamlakatlarida ham, Rossiya G‘arb bilan qarshi urushda “yana g‘alaba qozonishini” tushunishmoqda. Moskva Kremli ramzida: “Biz chegaralarimizda Rossiyaga ochiq qarshi davlatning mavjudligiga toqat qilmaymiz”, deb aniq yozilgan. Bu g‘oya deyarli butun Rossiya jamiyatining kayfiyatiga mos keladi va gap faqatgina Banderachi Ukrainaga qaratilgan emas.