Qator qurilish materiallarini import qilishda bojxona boji bekor qilinadi

Yig‘ilishda aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash uchun qurilish tannarxini pasaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2025-yilga qadar yog‘och, fanera, yog‘ochli opalubka va oynani import qilishda bojxona boji bekor qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytildi.
Yig‘ilishda aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash uchun qurilish tannarxini pasaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shu maqsadda:
2025 yilga qadar yog‘och, fanera, yog‘ochli opalubka va oynani import qilishda bojxona bojini bekor qilish;
yuqori markali sement bo‘yicha bojxona boji imtiyozini yana 1-yilga uzaytirish (buning hisobiga uy-joy qurish tannarxi 5 foizgacha pasayadi);
pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uyni qavatma-qavat garovga qo‘yish va har bir qavati uchun kredit olish huquqini berish;
banklar beradigan kreditlarni davlat tomonidan qayta moliyalash amaliyotini davom ettirish;
quruvchilarga kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibini takomillashtirish;
aholiga o‘z uyini energiya tejamkor materiallardan foydalanib ta’mirlashiga 10-yilga 16,5 foizdan 80 million so‘mgacha kredit berishga qaror qilindi.