Dunyoda har olti kishidan biri bepushtlikdan aziyat chekadi– JSST

Tashkilotning aniqlik kiritishicha, bepushtlik darajasi boy mamlakatlarda (17,5 foiz) kambag‘al mamlakatlardagidan (16,5 foiz) yuqori.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha har olti kishidan biri bepushtlikdan aziyat chekadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSTT)ning yangi hisobotida aytiladi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich katta yoshli aholining qariyb 17,5 foizini tashkil qiladi.
Bepushtlikning oldini olish, diagnostika va muolaja qilishga doir mavjud usullar narxi juda yuqori. Ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda tibbiy xizmatning bu turidan barcha birdek foydalana olmaydi.
Shu sababli JSST hukumatlarni ushbu dardga chalingan muhtoj insonlar uchun arzon va sifatli davolash vositalaridan foydalanish imkoniyatini oshirishga chaqirdi.
Shuningdek, tashkilot ko‘plab mamlakatlarda bepushtlik statistikasi muntazam yuritilmayotgani muammo ko‘lami yanada oshishiga xizmat qilishini ma’lum qildi.
Tashkilotning aniqlik kiritishicha, bepushtlik darajasi boy mamlakatlarda (17,5 foiz) kambag‘al mamlakatlardagidan (16,5 foiz) yuqori.