Germaniya “Shimoliy oqim”ni sug‘urtalashni qayta tikladi — OAV

Sug‘urta "Shimoliy oqim" infratuzilmasiga yetkazilgan zararni, uning faoliyati to‘xtab qolishi natijasida kelib chiqqan kamomadni ham qoplaydi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Germaniya sug‘urta kompaniyalari shikastlangan “Shimoliy oqim” gaz quvurini sug‘urtalashni qayta tikladi, deb xabar bermoqda "Reuters". RIA Novosti xabariga asosan.
Germaniyaning "Allianz" va "Munich Re" sug‘urta kompaniyalari Rossiya nazoratidagi shikastlangan “Shimoliy oqim” gaz quvurini sug‘urtalashni qayta tikladi.
Agentlik suhbatdoshlaridan biri ta’kidlaganidek, sug‘urta infratuzilmaga yetkazilgan jismoniy zararni ham, faoliyatning to‘xtab qolishi natijasida kelib chiqqan iqtisodiy kamomadni ham qamrab oladi. Sug‘urtaning mavjudligi Boltiq dengizi orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash uchun zarur bo‘lgan ta’mirlash ishlarini ham osonlashtiradi.
Manbalardan biriga ko‘ra, Germaniya hukumati sug‘urtaga e’tiroz bildirmagan. Boshqa suhbatdoshlarning qayd etishicha, “Shimoliy oqim”ning nemis aksiyadorlarining bir qismi Moskva bilan munosabatlar yaxshilansa, quvurni saqlab qolish tarafdori.
Shu bilan birga, nemis isteblishmentining ko‘p sonli vakillari oyihaning qayta tiklanishiga ishonmaydi, deb yozadi nashr.
O‘tgan yilning sentabr oyi oxirida Boltiq dengizi tubi bo‘ylab yotqizilgan Rossiyaning “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” eksport quvurlari portlash tufayli ishdan chiqqan edi. Shvetsiya, Daniya va Germaniya surishtiruv ishlarini olib bormoqda, ammo hozircha aniq natijalarga erishmagan. Amerikalik jurnalist Seymur Xersh ushbu hodisada AQSh maxsus xizmatli qo‘li borligini ta’kidlovchi bir necha maqolalar e’lon qilgan edi.
Rossiya hukumati ushbu hodisani xalqaro terrorchilik harakati deb atagan va BMT Xavfsizlik Kengashi va xalqaro hamjamiyat tomonidan xolis tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda.