ShHTning 2023-2024 yil uchun madaniy va turistik poytaxti e’lon qilindi

Tadbirda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Pokiston kabi davlatlar vakillari ishtirok etgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari vakillari Qozog‘istonning Olmaota shahriga tashkilotning madaniy va turistik poytaxti maqomini berish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda ShHTga a’zo davlatlar madaniyat vazirliklari rahbarlarining onlayn uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“ShHTga a’zo davlatlar vazirlari Olmaota shahrini 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan ShHTning madaniy va sayyohlik poytaxti sifatida tasdiqlash taklifini qo‘llab-quvvatladilar”, — deyiladi xabarda.
Tadbirda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Pokiston kabi davlatlar vakillari ishtirok etgan.
Qozog‘iston tomoni ShHTga 2023-yil iyulidan 2024-yil iyuligacha raislik qiladi.
O‘zbekiston 2021-2022 yillarda ShHTga raislik qilgan.