TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Buyuk Potr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti (SPbPU) va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU) Samarqandda Ilmiy-ta’lim texnologik markazini ochdi. Bu haqda Rossiya universiteti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Otkritie Nauchno-obrazovatelnogo texnologicheskogo sentra
© press-slujba Sankt-Peterburgskogo politexnicheskogo universiteta
Markaz virtual, oynali, qo‘shma laboratoriyalarni birlashtirgan bo‘lib, SamDU hududida doimiy faoliyat yuritadi.
Rasmiy ochilishdan oldin ham bu yerda materiallarni qayta ishlash texnologiyalari va amaliy fizika laboratoriyalari ishlashni boshlagan. Yaqin kelajakda yana bir nechta tegishli yo‘nalishlarni qo‘shish rejalashtirilmoqda.
“Bir yil avval biz universitetlarimiz salohiyatini birlashtirib, ikkita loyihani amalga oshirishga kelishib oldik: qo‘shma laboratoriyalar va kadrlar tayyorlash tizimini yaratish. Va allaqachon birinchi natijalarni oldik - bugun biz qo‘shma texnologik markaz ochmoqdamiz va qo‘shma muhandislik maktabi o‘quvchilariga sertifikatlar topshiramiz”, - dedi SPbPU rektori Andrey Rudskoy.
Ta’kidlanishicha, maktabda darslar gibrid formatda o‘tkazilgan.
otkritie Nauchno-obrazovatelnogo texnologicheskogo sentra
© press-slujba Sankt-Peterburgskogo politexnicheskogo universiteta
“Umid qilamanki, qo‘shma politexnika muhandislik maktabining o‘tkazilishi har yili yorqin voqea bo‘lib, Samarqand va Sankt-Peterburg uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan missiyamizni to‘liq bajarishga imkon beradi”, - dedi Andrey Rudskoy.
Politexnika universiteti SamDUga nafaqat Rossiya va O‘zbekiston, balki ikki universitet o‘rtasidagi aloqalar chuqurligini aks ettiruvchi fotoko‘rgazmani ham olib kelgan.
otkritie Nauchno-obrazovatelnogo texnologicheskogo sentra
© press-slujba Sankt-Peterburgskogo politexnicheskogo universiteta
Shu tariqa tashrif buyurganlar Politexnika universitetining 125-yillik tarixi bilan yaqindan tanishgan.
SPbPU va SamDU rahbarlari hamkorlikning tegishli yo‘nalishlarini mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qiluvchi, 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik shartnomasi va “Yo‘l xaritasi”ni imzolagan.