TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi va alyansning Rossiya chegaralari bilan tutash chiziqlari ortishidan so‘ng Shimoliy Yevropadagi vaziyat tubdan o‘zgaradi. Tahdidlarni bartaraf etish uchun Moskva harbiy-texnik va boshqa xususiyatdagi javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“NATOning Rossiya Federatsiyasi chegaralari bilan bevosita tutash chiziqlari ikki baravardan ziyodga ortishi natijasida Shimoliy Yevropa mintaqadagi vaziyat tubdan o‘zgarish ro‘y berdi – ilgari dunyodagi eng barqaror mintaqalardan biri. Shimoliy Atlantika alyansi tomonidan Rossiya hududiga yaqinlashish sari galdagi qadam tashlandi”, - deyiladi vazirlik bayonotida.
Ta’kidlanishicha, endi Rossiya milliy xavfsizlik tahdidlarining oldini olish maqsadida ham harbiy-texnik, ham boshqa xususiyatga ega javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi.
“Rossiyaning shimoli-g‘arbiy chegaralari mudofaasidagi aniq qadamlar bu mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansiga inregratsiyasining aniq shartlari, jumladan, uning hududida NATO harbiy infratuzilmasi va zarba beruvchi qurol-yarog‘lari joylashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi”, - deya ta’kidlagan Rossiya TIV.
Bayonotda keltirilishicha, NATOga qo‘shilib, Finlyandiya o‘n yillab davomida xalqaro ishlarda farqlangan o‘zligi va mustaqilligidan batamom voz kechgan.
“Bunga qadar Xelsinki yuritayotgan harbiy qo‘shilmaslik siyosati uzoq vaqt fin milliy manfaatlariga xizmat qilgan, Boltiq dengizi mintaqasida, umuman Yevropada ishonchni ta’minlashning asosiy omillaridan biri edi. Endi bu o‘tmishda qoldi. Finlyandiya xalqaro ishlarda o‘zining o‘ziga xos ovozidan mahrum bo‘lib, alyansning hech narsani hal qilmaydigan kichik bir a’zosi bo‘ldi”, - deya xulosa qilgan Rossiya tashqi siyosiy idorasi xabarida.