TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya do‘st xorijiy kompaniyalar bilan texnologik sherikchilikni rivojlantirishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Do‘st xorijiy kompaniyalar bilan texnologik sherikchilikni izchilroq rivojlantirish zarur. Biz barcha manfaatdor sheriklar bilan to‘laqonli va uzoq muddatli hamkorlikka ochiqmiz”, - dedi Putin Davlat kengashining sanksiya sharoitida sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, aytilgan rejalarni amalga oshirish katta resurslarni talab etadi, biroq Rossiya iqtisodiyoti uchun foyda bir necha baravar ko‘p bo‘ladi.