NATO Ukrainada bo‘ynigacha botib qoldi
Maxsus operatsiyada kurashayotgan Rossiya askarining ortida befarq bo‘lmagan vatandoshlar turibdi, NATO askar jo‘natgan holda ularni hozirdanoq norozi bo‘lgan YeI xalqi qo‘llab-quvvatlaydimi?
SputnikBugun Brusselda boshlangan NATO tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi deyarli butunlay Ukrainaga bag‘ishlangan. U yerda baland tribunalardan nima qilish kerakligini aytib berishadi, sahna ortida esa — kim aybdorligi borasida bahslar boshlanadi.
Budapesht "Ukrainaga "tinchlikparvar kontingent" yuborish" masalasini muhokamasini boshlashlashi mumkinligiga allaqachon shama qilgan va bunday harakatlar nimaga olib kelishidan ogohlantirgan. NATO va umumevropaliklari nima deyishidan qat’i nazar, front chizig‘i har kuni Yevropa Ittifoqi chegaralariga yaqinlashayotgani hammaga ma’lum.
“Ukrainaning Yevropa qadriyatlari uchun kurashini” qanday va yana nima bilan qo‘llab-quvvatlash mumkinligi haqidagi munozara ochilishi arafasida Fransiyaning "Le Monde" nashri harbiy operatsiya hududida atigi bir hafta ichida ikki fransuz yollanma askari halok bo‘lganini xabar qildi. Maxsus harbiy operatsiya (MHO) boshlanganidan beri bunday odamlar allaqachon o‘nta bo‘lgan.
Taqqoslash uchun: Saheldagi o‘n yil davom etgan harbiy operatsiyada fransuz armiyasi ellik nafar askarini yo‘qotgan. Bu raqam jamoatchilik fikri va hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun haddan tashqari ko‘p bo‘lib chiqdi. Fransiya (va butun Rossiyaga qarshi koalitsiya) tomonidan ko‘rsatilgan harbiy yordam asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishi uchun yana qancha fransuz qurbonlari kerak bo‘ladi? Chegara allaqachon yaqin ekanligini tushunish uchun kelajakni bashorat qiluvchi bo‘lish shart emas.
Fransiya MHO zonasiga yuborgan yengil tanklar, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, deyarli foydasiz bo‘lib chiqdi. Ruslarda raspoutitza degan so‘z bor – loygarchilik, bu nafaqat etiklar, balki tanklarning g‘ildiraklari ham loy va botqoqqa botib qolishi demakdir. Gusenitsa yurishida bo‘lgan NATO tanklari hamon Ukraina tomon yo‘lda kelmoqda.
Havo yo‘llari bilan ham muvaffaqiyat yo‘q. Qiruvchilar – "Miraj" ham, "Tornado" ham boshqa "Yevrofayter"lar ham – boshqa shart-sharoitlar, boshqa logistika, parvoz va texnik xodimlarning turli malakalarini hisobga olgan holda yaratilgan. Bu yerda ham yana umumayevropa NATO a’zolari xato qilishdi.
Shimoliy Atlantika "Akela"si xato qildi – Rossiyani ham, uning armiyasining jangovar tayyorgarligini ham, xalqning safarbarlik qobiliyatini ham noto‘g‘ri baholadi. Nafaqat frontga chiqish (shu jumladan ixtiyoriy ravishda), balki jangchilarning orqasida turib ularga hamma narsada yordam berib xato qildi.
Xuddi shunga o‘xshash vaziyatda, hayolan bo‘lsa ham Ukrainaga yuborilayotgan, "NATO tinchlikparvar kontingetlari" (nima ibora bo‘lsa, hammasi oksimoron) orqasida kim turadi? Hamma narsa jahannamga ketayotgan bir paytda Yevropa Ittifoqidagi militaristik xarajatlardan norozilarmi? Yoki shaxsan Makron, Mishel, fon der Lyayen, Borrel va Stoltenberg bo‘ladimi?
Brusseldagi Xonimlar va janoblarning oliy yig‘ilishi, G‘arbning jamoaviy siyosiy qaymog‘i, albatta, mutlaqo boshqa masalalar bilan ovora. Rossiya bilan proksi qarama-qarshilik boshlanganidan bir yil o‘tib, ularning qudratli iqtisodiyoti esa tiz cho‘kib bo‘ldi. Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy qarama-qarshilikning bir yilligi arafasida Yevropaning "gullagan bog‘i", huquqlar erkinligi, barcha shior va deklaratsiyalardan — deyarli hech narsa qolmadi. Mafkuralar va qadriyatlar kurashi uchun bir yillik kurashdan so‘ng – dunyo Rossiya bilan birga yoki uning yonida bo‘lishni tanladi. Chunki "siyosiy elitaning qaymoqlari" o‘zlarining shinam yashash xonalarida ko‘p asrlar davomida sinab ko‘rgan va hali ham o‘zlarining hayot modellari va siyosiy tuzilmalarini "universal" deb tasavvur qilishga urinayotganlarga qaraganda Yer aholisi ulardan bir necha baravar ko‘p ekanligini unutdilar.
Bu yerda ham – yana progressiv fuqarolar va "umumiy odamlar" o‘rtasida dahshatli xato yuz berdi. Zarba aniq nishonga urmadi, ammo ko‘p marotaba bitta xatoga yo‘l qo‘yaverish muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Bu holatning qancha davom etishini aniq bashorat qilib bo‘lmaydi, lekin amalda barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda quyidagilarni qayd etish mumkin.
NATO bugun va hozir, avvaliga yashirincha, o‘z qo‘llari bilan yaratgan harbiy sharmandalikdan qutulishga harakat qiladi. Uni g‘alabaga aylantirishning albatta iloji bo‘lmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmaganda "Berezin"dan sharmandali qochishga o‘xshamasa bo‘ldi. (Aleksandr I boshchiligidagi rus qo‘shinlarining 200-yil oldin Parijga muvaffaqiyatli kirib kelgan edi) Shuning uchun, "qachon chiqib ketish kerak" degan savol endi to‘g‘ri kelmaydi, asosiy savol endi – "qanday chiqib ketish kerak". Ya’ni yuzda tabassumni saqlagan holda qo‘lni qattiq siqib, tegishli ohangda piar hamrohligi bilan Ukrainani tark etish.
Biz esa xotirjamlik, ishonch va ehtiyotkorlik bilan qo‘yilgan maqsadlarimizga erishamiz. Tartib-intizom, boadablik va aniqlik bilan.
Barcha majburiyatlar va ma’suliyatlarga rioya qilgan holda.
Qolaversa, Napoleon istilosi paytida yevropaliklar yo‘lida uchragan barcha narsani yoqib tirik mavjudotlarni o‘ldirganini eslash ortiqcha bo‘lmaydi.
Rus harbiy korpusi esa Fransiyani tark etish vaqtida qo‘mondon graf Voronsov o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan askarlar tomonidan Parij aholisiga yetkazilgan zararni qoplab bergan edi.
Xullas, bugungi kunda ham yevropaliklar o‘z an’analariga, biz esa o‘z an’anamizga sodiq qolmoqdamiz. Tarix esa kim haq va kim nohaq ekani haqida o‘z hukmini, aftidan, allaqachon chiqarib bo‘lgan.