Namangandan Jiddaga muntazam aviaparvozlar yo‘lga qo‘yildi

"Centrum Air" yangi Namangan — Jidda parvoz yo‘nalishini ochdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Namangandan Jiddaga muntazam aviaparvozlar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi "Uzbekistan airports".
"Centrum Air" mahalliy aviakompaniyasi yangi Namangan — Jidda parvoz yo‘nalishini ochdi.
Namangan — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga 7-10 reysgacha Boeing 737 va Airbus A320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Namangan-Jidda
"Centrum Air" — shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan, yanvar oyida yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan O‘zbekistonning loukoster aviakompaniyasi. Bugungi kunda aviatashuvchi parkida uchta Airbus A320 va ikkita Boeing -737 mavjud.