TOShKENT, 4 apr — Sputnik. G‘arb Gruziyani Rossiya bilan harbiy mojaroga kirishishga majbur qilmoqda, “ikkinchi front” ochib, Tbilisini Abxaziya va Janubiy Osetiya ustidan nazoratni tiklash uchun qulay vaqt ekanligiga ishontirmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ta’kidladi.
“Biz Vashington, Brussel, London va boshqa G‘arb poytaxtlarining Gruziya rahbariyatini “ikkinchi front”ni ochishga ishontirishga bo‘lgan qat’iy urinishlarini ko‘rmoqdamiz. Ular Gruziya rahbariyatini hozir Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlari ustidan nazoratni tiklash mumkin bo‘lgan to‘g‘ri payt ekanligiga ishontirmoqda”, - dedi Narishkin jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb poytaxtlarining maqsadi Ukrainaga yordam berishdir.
“Ular jang maydonidagi vaziyat Ukraina foydasiga emasligini ko‘rishmoqda, shuning uchun Gruziyani Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy mojaroga kirishishga majbur qilmoqda”, - deydi u.
Narishkin Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati va Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasi kollegiyalarining qo‘shma yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Minskda bo‘lib turibdi.