OAV: Donald Trampni unga ayblov qo‘yilgunga qadar hibsga olishdi

Hibs sobiq prezidentga ayblov qo‘yilgunga qadar davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp rasmiy jihatdan hibsga olindi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Hibs unga ayblov qo‘yilgunga qadar davom etadi. Tramp yarim soat ichida sudni ozod tark etishi kutilmoqda.
Amerika qonunchiligida hibsga olish katta hakam qarori natijisida ayblov qo‘yishning majburiy qismi sanaladi. Hibsga olish qamoqqa joylashtirishni anglatmaydi. Ayblanuvchi faqat ayblov e’lon qilinayotgan paytda hibsda bo‘ladi.
Tramp ilgari deyarli barcha hibs chog‘idagi qo‘shimcha protseduralar ozod qilingan edi. Uning qo‘liga kishan solinmaydi, suratga olishmaydi. Barmoq izlari olingan.