Referendum — 2023

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun referendum bo‘yicha elektron xarita tuzildi

Unda ovoz berish o‘tkaziladigan eng yaqin uchastkaning aniq joylashuvi ko‘rsatilgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. “Dunyo” axborot agentligi xorijda joylashgan referendum uchastkalari manzillarining elektron xaritasini e’lon qildi. Unda ovoz berish o‘tkaziladigan eng yaqin uchastkaning aniq joylashuvi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, referendum qonunchiligiga oid mobil ilova ishga tushirildi. Unda siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, ovoz berish jarayoniga oid barcha ma’lumotlar keltirilgan.
Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta uchastka ochilishi haqida xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi.