Toshkentdagi suv toshqini bartaraf etildi – foto

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda suv toshishi kuzatilayotgan manzillarda ko‘rilgan choralar natijasida o‘sha hududlarda bunday holatlar takroran kuzatilmagan.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Kecha, 2-aprel kuni poytaxtda soat 12:30 dan boshlangan kuchli yog‘ingarchilik natijasida oylik normaning 20 mmgacha (oylik norma 60 mm) yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Cuv toshqini bartaraf etildi
Natijada Maxtumquli ko‘chasi, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi (tonnel tag qismi) oldi, Janubiy vokzal old maydoni kabi qator manzillarda suv toshishi yuzaga keldi.
Cuv toshqini bartaraf etildi
Qayd etilishicha, 18:00 da tezkorlik bilan tashkil qilingan guruhlar tomonidan suv toshqini bartaraf etildi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda suv toshishi kuzatilayotgan manzillarda ko‘rilgan choralar natijasida o‘sha hududlarda bunday holatlar takroran kuzatilmagan. Bu yo‘nalishdagi ishlar davom etadi.
Cuv toshqini bartaraf etildi
Shahar hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.