TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda “Suv hisobi” axborot tizimi yaratiladi. Bu 1-aprel kuni qabul qilingan “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida nazarda tutilgan.
“Suv hisobi” suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste’molchilari o‘rtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda to‘ldirish hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beradi.
2025 yil 1-yanvardan quyidagi tartib joriy etiladi:
- respublikaning barcha hududlarida “Suv hisobi” AT joriy qilinadi;
- qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda ishlatilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblashda “Suv hisobi” AT orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirib berish amaliyoti joriy etiladi.