Rossiya Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishiga javob qaytarishga va’da berdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari mamlakat Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishiga javoban chora ko‘rishini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya TIV Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishiga javob qaytaradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko ma’lum qildi.
“Choralarning bir qismi allaqachon e’lon qilingan. G‘arbiy va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harbiy salohiyatimizni mustahkamlaymiz. Finlyandiya hududida NATOning boshqa a’zolari kuchlari va vositalari joylashtirilgan taqdirda Rossiyaning harbiy xavfsizligini ishonchli ta’minlash uchun qo‘shimcha choralarni ko‘ramiz”, - dedi Grushko RIA Novosti bilan suhbatda.
3 aprel kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Finlyandiya 4-aprel kuni alyansga qo‘shilishini ma’lum qildi. Mamlakat bayrog‘i NATOning Brusseldagi bosh qarorgohida ko‘tariladi.
NATO dushmansiz yasholmaydi – Rossiya TIV