TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Bolgariyaning Plovdiv shahrida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
O‘smirlar toifasida kechgan sablya dasturida Nargiza Jaksibayeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sportchi saralash bosqichi davomida Gonkong, Ruminiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda vengriyalik Emese Domonkosga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va uchinchi o‘rinni egalladi.