O‘zbekiston terma jamoasi Usi “Katta dubulg‘a” turnirini 3 ta medal bilan yakunladi

Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
80 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Jasur Jaysunov turnir g‘olibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ulug‘bek Rashitov bu musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritgan edi.
Ushbu turnir litsenzion xarakterga ega bo‘lib, dekabr oyida o‘tadigan yana bir “Katta dubulg‘a” musobaqasi yakuniga ko‘ra, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining dastlabki litsenziatlari aniqlanadi.