Eldor Shomurodov “Spetsiya” tarkibida debut golini urdi - video

“Spetsiya” futbol klubi Eldor Shomurodovni mavsum oxiriga qadar "Roma"dan ijaraga olgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 28-turida “Spetsiya” jamoasi “Salernitana”ga qarshi o‘ynadi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida “Salernitana” himoyachisi hisobni ochdi. 70-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi.
Qayd etish joizki, bu o‘zbekistonlik hujumchi uchun “Spetsiya” safidagi ilk gol bo‘ldi.
Shomurodovning bu golidan keyin A Seriyaning Twitter sahifasida quyidagi so‘zlar yozilgan o‘zbekcha tvit paydo bo‘ldi: "Ajoyib gol, Eldor".
Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirida Italiyaning "Spetsiya" futbol klubi Eldor Shomurodovni mavsum oxiriga qadar "Roma"dan ijaraga olgan edi.