Ulug‘bek Rashitov Usi “Katta dubulg‘a” musobaqasida oltin medalga sazovor bo‘ldi

Rashitov finalda eronlik Doniyol Bozorg‘ishobdan ustun keldi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi final bosqichining ilk kuni yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
68 kilogrammgacha vazn toifasida bahs olib borgan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov finalda eronlik Doniyol Bozorg‘ishobdan ustun keldi.