TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni yadroviy energetika dasturini ishlab chiqishda AQShdan yordam olishga umid qilgan, biroq boshqa davlatlar takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor, deb yozadi “The New York Times”.
“Yadroviy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar, asosan, Saudiya hukumati yadro qurolini yaratishga to‘sqinlik qiladigan yoki boshqa mamlakatlarga buni amalga oshirishda yordam beradigan shartlarga rozi bo‘lishdan bosh tortgani uchun cho‘zilib ketdi... Hafsalasi pir bo‘lgan Saudiya rasmiylari endi boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, Xitoy, Rossiya yoki AQSh ittifoqchilari”, deyiladi maqolada.
Mualliflar fikricha, Vashington va Ar-Riyod o‘rtasida ma’lum bir ishonchsizlik bor va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon boshqa jahon kuchlari, jumladan, Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirish orqali AQShdan ko‘proq mustaqillikka erishmoqchi.
Ba’zi tahlilchilar bu Vashingtonni Saudiya hukumati bilan o‘z shartlari asosida ishlashga majburlash strategiyasining bir qismi deyishadi, boshqalarning aytishicha, shahzoda unda AQSh unchalik ustun rol o‘ynamaydigan rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoni ko‘rmoqda.