Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kunda 11 ta Ukraina dronini urib tushirdi

Bir kun ichida havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 11 ta dronini yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘tgan kun davomida 11 ta Ukraina dronini urib tushirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bir kun ichida havo hujumidan mudofaa tizimlari Donesk Xalq Respublikasining Vladimirovka, Kirillovka, Verxnetoreskoe, Lugansk Xalq Respublikasining Novokrasnyanka, Varvarovka, Kremennaya va Xerson viloyatining Novaya Kaxovka, Xarkov viloyatining Velikiy Viselok aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 11 ta dronini yo‘q qildi”, - deyiladi xabarda.
Maxsus harbiy operatsiya boshidan buyon 405 ta Ukraina harbiy samolyoti, 228 ta vertolot, 3641 ta dron, 415 ta zenit-raketa tizimi, 8510 ta tank va boshqalar yo‘q qilingan.
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.