O‘zbekiston ikki oyda 2,2 mln. dollarlik xurmo import qildi

Xurmo importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 5 ta davlatdan qiymati 2,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,8 ming tonna xurmo import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Xurmo importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
2023 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston eng ko‘p xurmoni Erondan (2,6 ming tonna) import qilgan. Shu davrda Saudiya Arabistonidan21 tonna xurmo import qilgan.