TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Osiyo mintaqasi gegemonlik va qo‘rqitishga qat’iy qarshi turishi va hech bir davlatning Osiyo xalqini yaxshiroq hayot kechirish huquqidan mahrum etishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bu haqda Xitoy yetakchisi Si Szinpin Pekinda Singapur bosh vaziri Li San Lun bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Gegemonlik va qo‘rqitishga qat’iy qarshilik ko‘rsatish, hech qaysi davlatga Osiyo xalqini yaxshiroq va baxtli hayot kechirish huquqidan mahrum qilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur”, - dedi Xitoy rahbari.
Si Szinpin ta’kidlaganidek, dunyoda ro‘y berayotgan katta o‘zgarishlar fonida Osiyo mintaqasida erishilgan ijobiy rivojlanish tendensiyasini alohida qadrlash va saqlab qolish, mintaqaviy tinchlik dividendlari, iqtisodiy globallashuv va mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaga to‘g‘ri yo‘nalishni birgalikda himoya qilish kerak.