Referendum — 2023

Referendum qonunchiligiga oid mobil ilova ishga tushirildi

Ilovada barcha ma’lumotlar bilan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tanishish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Referendum qonunchiligiga oid mobil ilova ishga tushirildi. Unda siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, ovoz berish jarayoniga oid barcha ma’lumotlar keltirilgan.
Referendum 2023 mobil ilovasi
Mobil ilovadan “normativ-huquqiy hujjatlar”, “saylov komissiyasi”, “uslubiy tavsiyalar”, “o‘quv materiallar” va “kutubxona” bo‘limlari joy olgan.
Referendum 2023 mobil ilovasi
Barcha ma’lumotlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida keltirilgan.
Referendum 2023 mobil ilovasi
Mobil ilovani Google Play va App Store orqali yuklab olish mumkin.
Mavzuga oid:
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar qachondan kuchga kirishi mumkin?
MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish rejasini tasdiqladi