Pentagon Kiyevning qisqa vaqt ichida maqsadlariga erishish qobiliyatini shubha ostiga oldi

General Milli: Kiyev qisqa muddatda harbiy maqsadlariga erisha olmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Ukraina tomonidan barcha hududlarning qaytarilishi “juda qiyin harbiy vazifa”, uni qisqa muddatda hal qilib bo‘lmaydi. Bu haqda AQSh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Milli Defense One nashri tomonidan tashkil etilgan tadirda ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Men buni amalga oshirish mumkin emas deb aytmayman. Bu juda qiyin vazifa va menimcha, bu yil uchun qisqa muddatda hal bo‘lishi dargumon”, dedi u.
Ukraina rasmiylari Donbassni qaytarib olish, Qrimga quruqlik koridorini nazorat qilish va yarim orolning o‘zini qaytarish, ya’ni 2014-yilgacha mavjud bo‘lgan chegaralarni tiklash istagi haqida bir necha bor gapirgan.
"Bu katta harbiy vazifa. Juda va juda qiyin harbiy vazifa. Gap hali ham Ukrainaning bosib olingan qismida qolayotgan bir necha yuz ming rossiyalik haqida ketmoqda", - dedi Milli.