TOShKENT, 1 apr — Sputnik. G‘arb don savdogarlarining Rossiya bozoridan chiqib ketishi Rossiya eksportini davlat nazoratiga o‘tkazish tufayli mamlakatning geosiyosiy ta’sirini oshiradi. Bu haqda RIA Novosti Bloomberg agentligiga tayanib xabar berdi.
Jurnalistlar bir qancha xorijiy kompaniyalarning ketishini eslatib, bunday jarayon global miqyosda oziq-ovqat bozoridagi manzarani sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlashdi.
“Cargill va Viterrning ketishi Rossiya g‘alla zaxiralarini asosan mahalliy va davlat tomonidan moliyalashtiriladigan kompaniyalar qo‘lida qoldiradi, ya’ni Rossiya zarur daromadning katta qismini nazorat qiladi”, deya qayd etilgan maqolada.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, bunday vaziyat davlatlarni xalqaro treyderlar yordamisiz don yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borishga undamoqda, bu esa oziq-ovqat bozorini geosiyosat nuqtayi nazaridan nihoyatda muhim qiladi.